Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni. Ilgʻorlik unga yarashadi
2026-01-13 11:20:00 / Yangiliklar

Mayor Abdulaziz Joʻrayev Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida, oddiy ishchilar oilasida dunyoga kelgan. Oilada toʻrt oʻgʻilning kenjasi boʻlgan lavhamiz qahramoni harbiy xizmatdan soʻng, 2012-yili IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtiga oʻqishga kirdi. 2016-yilda taktik-tarbiyaviy qoʻmondonlik yoʻnalishi boʻyicha oliygohni muvaffaqiyatli tamomladi.
Mana, salkam oʻn yildirki, u IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7531-harbiy qismda xizmat qilmoqda. Dastlab guruh komandiri sifatida xizmatni boshlagan boʻlsa, hozir 2-batalyon komandiri lavozimida.
- Sharafli kasbimdan gʻururlanaman, — deydi mayor Abdulaziz Joʻrayev. — Ozmi-koʻpmi, erishayotgan yutuqlarim esa menga yanada katta kuch, gʻayrat va shijoat bagʻishlaydi.
Oʻz kasbining yetuk mutaxassisi sanalgan mayor A. Joʻrayev oʻtgan yili mamlakatimiz Qurolli Kuchlari miqyosida oʻtkazilgan «Oʻz kasbining ustasi» koʻrik-tanlovining respublika bosqichida «Eng ilgʻor batalyon komandiri» nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.
Abu KENJAYEV,
