IIV Malaka oshirish institutida ilmiy unvon olish uchun maxsus imtihon oʻtkazildi
2024-05-18 10:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yoʻnalishlari» fanidan ilmiy unvon olish uchun talabgorlardan maxsus imtihon qabul qilish komissiyasi aʼzolari tomonidan navbatdagi imtihon qabul qilindi.
Kuni kecha professor va dotsent ilmiy unvonlariga 10 dan ziyod talabgor nomzodlar galdagi imtihonlarni topshirdilar.
Imtihon topshiruvchilar savol-javob shaklida bilimlarini sinab koʻrishdi.
IIV Malaka oshirish instituti





