Sayyor sud: bilimlar mustahkamlandi
2026-01-11 10:40:00 / Yangiliklar

Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan majlisda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati” taʼlim yoʻnalishi kursantlari hamda ixtisoslik kafedrasi professor-oʻqituvchilari ham qatnashdi.
Sudda aybdorning qilmishi qonun asosida koʻrib chiqilib, unga nisbatan tegishli hukm oʻqildi. Shundan soʻng sud raisi Baxtiyor Alimov kursantlar bilan muloqot qilib, tergovga qadar tekshiruv jarayonida protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklarni malakalashning muhim jihatlariga toʻxtaldi.
Muloqot chogʻida kursantlar sayyor sudda koʻrilgan ish va boshqa masalalarda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, nazariy bilimlarni amaliyotda samarali qoʻllash yuzasidan tavsiyalar olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati






