Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida “Kurash mahorat maktabi” tantanali ravishda ochildi
2026-01-10 11:20:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanining “Yangi Oʻzbekiston“ massivida “Kurash mahorat maktabi“ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, milliy sportimiz boʻlgan kurashning dovrugʻini yanada yuksaltirish maqsadida barpo etilgan ushbu maskanda barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Majmua tarkibidan 150 oʻrinli shinam yotoqxona, eng zamonaviy talablarga javob beruvchi sunʼiy qoplamali stadion, keng va yorugʻ oshxona hamda mashgʻulot zallari oʻrin olgan.
Tantanali tadbirda viloyatning masʼul rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtiborni alohida eʼtirof etib, mazkur maktab kelgusida jahon va olimpiya chempionlarini yetishtirib chiqaradigan haqiqiy mahorat maskani boʻlishiga ishonch bildirdilar.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









