Yoshlar kelajagi yoʻlida muhim muloqot: IIV Akademiyasida kursant qizlar bilan uchrashuv
2026-01-10 11:10:00 / Yangiliklar

Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kelajak maqsadlari sari ruhlantirish, hayotda munosib oʻrin egallashi uchun toʻgʻri yoʻnaltirish ularning istiqbolini belgilaydi.
IIV Akademiyasida taʼlim olayotgan magistratura tinglovchilari va kursantlar qizlar ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuv ana shu maqsadni koʻzlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbirda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayoti, ayniqsa ichki ishlar organlari tizimidagi oʻrni, sohada xizmat qilayotgan matonatli va fidoyi xodimalar, ular zimmasidagi masʼuliyatli vazifalar, kursant qizlarni turmushga tayyorlashda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar, oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni qaror toptirishda qizlarni kasb-hunarga yoʻnaltirishning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
Magistratura tinglovchilari soʻz olib, koʻp yillik amaliy tajribalari misolida ichki ishlar organlari yosh xodimlaridan talab etiladigan kasbiy fazilatlar, xizmat mashaqqatlarini yengish usullari haqida tavsiyalar berib oʻtishdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbir davomida yosh avlod vakillari kelgusi faoliyatlari uchun kerakli boʻlgan motivatsion maslahatlar oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati






