Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “Doʻstlik kubogi” voleybol musobaqasiga start berildi
2026-01-10 11:05:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida sportning voleybol turi boʻyicha 2012-yilda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi qizlar oʻrtasidagi “Doʻstlik kubogi” musobaqasi oʻz ishini boshladi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar yoshlarni sportga keng jalb etish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tilga olishdi.
Shundan soʻng musobaqaga rasman start berildi. Ayni paytda “Doʻstlik kubogi” musobaqasida jami 22 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqaning taqdirlash marosimi 11-yanvar kuniga rejalangan.
Shu kuni Zarbdor tumani sport maktabi voleybol sporti treneri Ravshan Suyundiqov 60 yoshligini nishonladi.
Tantanada yubilyarning mamlakatimizda yosh avlodni sportga jalb etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda yetuk sportchilarni tarbiyalashdagi mehnati eʼtirof etilib, unga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati








