IIV Akademiyasi 3-oʻquv kursi kursantlarining bitiruv malakaviy ish oʻrganish amaliyoti yakuni boʻyicha sinov imtihonlari qabul qilindi
2024-05-12 09:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentyabr kunidagi «Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 29-yanvar kunidagi farmoyishi talablariga asosan, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim 3-oʻquv kursi kursantlari bitiruv malakaviy ish oʻrganish amaliyoti boʻyicha yakuniy sinov imtihonlarini topshirishdi.
Yakuniy sinov imtihonlarida kursantlar tomonidan amalga oshirgan ishlar muhokamasi ham oʻtkazildi.
Shundan soʻng, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan saf koʻrigi va saf tayyorgarligi oʻtkazildi.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim 3-oʻquv kursi kursantlari bitiruv malakaviy ish oʻrganish amaliyoti boʻyicha yakuniy sinov imtihon jarayonlaridan soʻng kursantlar uchun Termiz shahridagi Tarix va madaniyat muzeyiga sayohat tashkillashtirildi.
Muzeyda kursantlar tarixiy eksponatlar, yurtimizda mavjud boʻlgan hayvonot, qushlar va oʻsimliklar dunyosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishib, katta taassurotlar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





