IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli 7552-sonli harbiy qismda navbatdagi profilaktik uchrashuv oʻtkazildi
2025-12-19 11:10:00 / Yangiliklar
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash kuni doirasida, IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Namangan viloyatida joylashgan 7552-sonli harbiy qismda qoʻshin qoʻmondoni, Namangan viloyati Harbiy prokuraturasi masʼul xodimlari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida onlayn tarzda navbatdagi profilaktik uchrashuv oʻtkazildi.

Yigʻilishda Ichki ishlar vazirining 2025-yil 9-dekabr kunidagi “Ichki ishlar organlarining xodim va harbiy xizmatchilari orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash toʻgʻrisida “gi buyrugʻi ijrosi taʼminlash, hamda shaxsiy tarkibga uning mazmun-mohiyatini yetkazish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Profilaktik yigʻilishda soʻz olganlar tomonidan korrupsiya kabi illatlarning yurt taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, bunda har bir harbiy xizmatchi bunday illatga qarshi qatʼiy pozitsiyada turishi shu orqali korrupsiyaga qarshi kurashda sezilari natijaga erishish mumkinligi haqida taʼkidlab oʻtildi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi Axborot guruhi




