Eʼlon media tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida
2025-12-18 10:15:00 / Yangiliklar
MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining 2022-yil 8-sentyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida MDH Ichki ishlar vazirligi shafeligida 2026-yilda har yili media tanlov oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.
Tanlov tashkilotchisi MDHga aʼzo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi hisoblanadi.
Tanlov ishlarini qabul qilish muddatlari: 2026-yil 10-yanvardan 21-iyungacha.
Media tanlovda ishtirok etish uchun ommaviy axborot vositalari vakillari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek tanlov shartlariga muvofiq boshqa shaxslar taklif etiladi.
Media tanlov shartlari va tartibi bilan ushbu havola (matn rus tilida berilgan) orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
