Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan Yangi yil archasi oʻrnatilgan hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, aholi osoyishtaligini taʼminlash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlar holati oʻrganildi
2025-12-17 10:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarorlari ijrosi, viloyat hududida yongʻin xavfsizligi, ekologik muhitni yaxshilash ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumiga hamda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik koʻrish, energetika obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash ishlari oʻrganilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 10-noyabr kunidagi 416-sonli “Respublikada ob-havoning keskin pasayishi, noqulay ob-havo sharoiti natijasida tabiiy gaz, ichimlik suvi va energetika sohalaridagi uzilishlar borasida eʼtirozlar ortib borayotganligi sababli jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash hamda hududlarda Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, har xil koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov tomonidan viloyat hududida yongʻin xavfsizligi, ekologik muhitni yaxshilash, qish mavsumini betalafot oʻtkazish, Yangi yil bayramiga tayyorgarlik koʻrish, Yangi yil archasi oʻrnatilgan hududlarda xavfsizlik borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganildi.
Oʻrganishning navbatdagi manzili Qumqoʻrgʻon hamda Jarqoʻrgʻon tumanlarida boʻlib, masʼullarga gaz va elektr taʼminoti tizimi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar faoliyati, aholining xavfsizligini taʼminlash, yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, isitish tizimlari, gaz va elektr jihozlardan foydalanish, gaz va koʻmirdan zaharlanish holatlarining oldini olish boʻyicha targʻibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, ekologiya va atrof-muhitga zaharli is gazlari va moddalar chiqishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli topshiriqlar berilib, tadbirkorlik subyektlari yangi zamonaviy ekologik texnologiyalarga oʻtishi zarurligi uqtirilib, bozor mutasaddilariga ekologiya va atrof muhitni asrash yuzasidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Oʻrganishlar davomida, Prezidentimizning PQ–1-sonli qaror va PF-207-son Farmonlari ijrosi hamda joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabrga qadar oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida amalga oshiriladigan ishlar oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.
Hozirda viloyatning barcha hududlarida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik koʻrish, Yangi yil archasi oʻrnatilgan hududlarda xavfsizlik choralari, aholi osoyishtaligini taʼminlash va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






