Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan Doʻstlik tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2025-12-17 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, aholi osoyishtaligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shu maʼnoda joriy yilning oʻtgan davrida hududda sodir etilgan qonunbuzarliklar mahallalar kesimida tahlil etilib, ularning sabab va omillari tilga olindi.
Bundan tashqari joriy yilning 13-dekabr kuni A.Navoiy mahallasida sodir etilgan mudhish holatning yuz berishiga sabab boʻlgan omillar aytilib, bu borada ayrim mutasaddilarning masʼuliyatsizligi koʻrsatib oʻtildi.
Muhokamada yoshlar bandligini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish lozimligi taʼkidlanib, jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









