“Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalar ishtirokida targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi
2025-12-16 10:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli farmoni hamda joriy yil 20-noyabr kunidan 20-dekabr kuniga qadar “Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligi doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti masʼul xodimlari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida Turin universiteti talabalariga “Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning turlari” mavzusida tushuntirishlar olib borildi.
Tashkil etilgan tadbirda talabalarga narkotik moddalar isteʼmoli va savdosining salbiy oqibatlari, jumladan, sogʻliqqa jiddiy zarari, ruhiy kasalliklar, jinoyatga moyillik, iqtisodiy qiyinchiliklar hamda oila va jamiyatga yetkazadigan zarari chuqur tushuntirildi, bu orqali ular ogohlikka chaqirilib, huquqiy javobgarliklari haqida bilim va koʻnikmaga ega boʻlishlari maqsad qilingan.
“Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligi doirasida turli huquqbuzarliklar sodir etmaslik, kiberjinoyat va unga aldanmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda turli guruh va kanallarga aʼzo boʻlmaslik, ijtimoiy tarmoqda turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatmaslik, telefonda saqlamaslik, qayta ishlamaslik, universitetning ichki tartib-qoidasiga amal qilish, sumkada oʻtkir tigʻli predmetlar olib yurmaslik, aholini qayta roʻyxatga olish masalalari yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtildi.
“Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusidagi profilaktik tadbirlar respublikamiz hududlari boʻylab davom ettirilmoqda.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti




