“Xavfsiz va sogʻlom yurt”. “Zahri qotil” qutqusi
2025-12-11 20:00:00 / Yangiliklar

Shu aziz Vatanda yashayotgan har bir fuqaro, har bir oila, butun jamoatchilik giyohvandlik balosiga qarshi kurashning faol ishtirokchisi boʻlishi lozim. Ayniqsa, yoshlar bilan targʻibot ishlarini kuchaytirish, profilaktik choralarni kengaytirish, aholini bunday xatarlardan himoya qilishda yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan «Xavfsiz va sogʻlom yurt» keng qamrovli tadbirlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu tadbir doirasida joriy yilning noyabr oyida IIV, poytaxt IIBB va DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari, jumladan, 18 kilogramm 692 gramm sintetik va 4749 dona psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.
Ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari hamkorligida oʻtkazilayotgan mazkur tadbir jinoyatchilik va «zahri qotil» qutqusiga qarshi qatʼiy va birgalikdagi harakatning yaqqol ifodasidir. Poytaxtimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasidagi tezkor tadbirlar davom etmoqda.
Sarvar SOBIROV, oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
