Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazdi
2024-05-02 11:40:00 / Yangiliklar

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda dastlab oʻtgan davr mobaynida viloyat hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari, jumladan, odam oʻlimi hamda tan jarohati bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish ishlari, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik toʻgʻrisida ham tanqidiy va asosli fikrlar aytildi.
Yigʻilish soʻngida qator rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy choralar koʻrildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati



