Sohaviy xizmatlarda. Targʻibot — eng muhim vosita
2025-12-03 23:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlarida qonun ustuvorligini taʼminlash, xodimlarning huquqiy bilimini mustahkamlash va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi Yuridik taʼminlash boʻlimi tomonidan joriy yilning dastlabki oʻn oyi davomida tashkil etilgan huquqiy targʻibot tadbirlarida fuqarolar va xodimlarga huquqiy bilimlar yetkazilib, qonunchilikdagi yangiliklar haqida zarur maʼlumot berildi.
Xususan, aholi ishtirokida turli aksiyalar, fleshmoblar va ommaviy tadbirlar oʻtkazilgan boʻlsa, xodimlar uchun oʻquv seminarlari uyushtirildi. Tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan oʻtgan uchrashuvlarda esa ularga tegishli huquqiy maslahatlar berilib, aholi uchun 8 ta huquqiy qoʻllanma tayyorlanib, foydalanish uchun tarqatildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishni targʻib etish maqsadida 13 ta videorolik, 116 ta koʻrgazmali targʻibot materiallari ijtimoiy tarmoqlar orqali keng namoyish qilindi.
Bu tadbirlar nafaqat xodimlar, balki fuqarolarning ham huquqiy bilimini oshirishga xizmat qilishi bilan birga, profilaktika vazifasini bajarmoqda.
Fuqarolar oʻrtasida qonunbuzarliklarning oldini olish, huquqiy munosabatlarda adolatli yoʻl tutishga, pirovardida, jamiyatda qonunga hurmat, adolat va masʼuliyat hissini mustahkamlashga zamin hozirlayapti.
Qolaversa, xodimlarning faoliyatda qonunchilik talablarini toʻgʻri qoʻllash koʻnikmasini boyitishga hissa qoʻshmoqda.
©️ “Postda” gazetasi, Shavkat Nabiyev, mayor. Qashqadaryo viloyati.
