Surxondaryo viloyati IIBda aholi salomatligi va millat genofondini himoya qilish maqsadiga qaratilgan targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2025-12-03 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 20-noyabr kunidan 20-dekabr kuniga qadar Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida, Surxondaryo viloyati IIBda barcha shahar — tuman ichki ishlar boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-noyabr kunidagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-207- sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, videoselektor tarzida targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimi podpolkovnik Olimjon Muxammadiyev, IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Ozod Nasimov, IIV Akademiyasi Tezkor qidiruv faoliyati kafedrasi oʻqituvchisi, podpolkovnik Azizxon Nasriddinov, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xoʻjanov, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy Tibbiyot markazining Narkologiya xizmati boʻyicha Surxondaryo viloyati filiali shifokor-narkologi Sarvinoz Xoliqovalar ishtirok etishdi.
Maʼruzachilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024 — 2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiyaning ustuvor maqsadlariga erishish, giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish orqali aholini, birinchi navbatda, yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilanganligi, giyohvand moddalari turlari, narkolabaratoriyalar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









