Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-12-03 10:00:00 / Yangiliklar

Jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, aholi murojaatlarini bevosita oʻrganish hamda ularning muammolarini hal etish maqsadida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Toxir Aripov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul jarayonida 50 dan ortiq fuqarolar oʻz murojaatlari bilan ishtirok etdi. Fuqarolar asosan jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini taʼminlash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, ichki ishlar organlari xizmatiga ishga kirish, shuningdek, bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va shikoyatlarini bildirdi.
Boshqarma boshligʻi har bir murojaatni atroflicha tinglab, qonuniy asosda hal etish choralari koʻrilishini taʼkidladi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan yoʻllangan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi, ijrosi muddat talab etadiganlari esa nazoratga olinib, masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati






