Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-12-03 09:00:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi. Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularda koʻtarilgan masalalarni joyida hal etish va zarur yordam koʻrsatish maqsadida tegishli masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Tadbir doirasida aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va joylarda ijtimoiy-huquqiy muammolarni kompleks hal etish boʻyicha bir qator holatlar koʻrib chiqildi.
Qabulga kelgan har bir fuqaroga individual tartibda munosabat qilindi.
Shuningdek, murojaatlar tahlil qilindi va ularning tezkor va samarali yechimini taʼminlash uchun masʼul tuzilmalar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Ichki ishlar organlari tomonidan kelgusida ham fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilishi taʼkidlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






