Toshkent viloyatida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” doirasida targʻibot ishlari kuchaytirildi
2025-12-02 17:20:00 / Yangiliklar

Joriy yil 25-noyabrdan boshlab Respublika boʻylab “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kampaniyasi start oldi.
Ushbu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan oʻtkazilib, jamiyatda zoʻravonlikka qarshi birlashgan pozitsiyani shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Toshkent davlat agrar universitetida ham keng qamrovli targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent viloyati IIBB, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Toshkent viloyati hududiy boʻlimi vakillari ishtirok etdilar. Jarayonda zoʻravonlikning oldini olish, mavjud himoya mexanizmlari, huquqiy yordam koʻrsatish tartibi va reabilitatsiya jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlar yetkazildi.
Toshkent viloyati IIB Axborot xizmati




