Navoiy viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini hal etishga qaratilgan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-12-02 17:15:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi. Qabul davomida murojaatlari bilan kelgan har bir fuqaroga alohida eʼtibor qaratildi. Muammolarning eng qisqa muddatda hal etilishi, qonun doirasida toʻgʻri yoʻllanmalar berish, ularni masʼul xizmatlar ishtirokida oʻrganib chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shaxsiy qabul jarayonida ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari boʻyicha tegishli boʻlim va xizmatlarga aniq vazifalar yuklatildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar ham inobatga olindi.
Navbatdagi shaxsiy qabullar belgilangan tartibda muntazam oʻtkazilib, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati







