Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan IIV Jamoat xavfsizligi departamentining sohaviy xizmatlari bilan kengaytirilgan qoʻshma selektor yigʻilishi oʻtkazildi
2025-12-02 16:10:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining tegishli topshirigʻi asosida oʻtkazilgan selektor avvalida IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbari soʻz olib, barcha hududlarda muntazam ravishda, qolaversa, yil davomida 20 va undan ortiq qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarning roʻyxatlarini shakllantirgan holda hudud profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ular bilan profilaktik ishlarini kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan yoki bunday huquqqa ega boʻlmay turib transport vositalarini boshqarish asnosida avtohalokat sodir etib, boshqalarning hayotini xavf ostiga qoʻyish holatlari ham tanqid ostiga olinib, bu kabi qoidabuzarliklarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash lozimligi uqtirildi.
IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi va Jamoat tartibini saqlash xizmati rahbariyati ham hududlarda xizmat olib borayotgan xodimlarga mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Shu bilan birga, yoʻl-transport hodisasiga sabab boʻluvchi har bir omillar chuqur tahlil etilib, aybdorlarga nisbatan jazo choralarini koʻrish, kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl quymaslik uchun sohaviy xizmatlar hamkorligidagi kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan topshiriqlar berildi.
IIV JXD Axborot xizmati









