IIV JXD YHXX boshligʻi tomonidan Namangan shahar hokimligida yoʻl-transport hodisalari va ashaddiy qoidabuzar haydovchilar harakati muhokama qilindi
2025-11-28 07:20:00 / Yangiliklar

Namangan shahar hokimligida shahar hududida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari, ularga sabab boʻlayotgan omillar hamda yoʻl harakati qoidalarini muntazam buzayotgan haydovchilar faoliyati yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda viloyat IIB rahbariyati, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, nuroniylar, deputatlar, mahalla yettiligi hamda qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda shahar aholisi tomonidan yoʻl harakati qoidalariga amal qilish madaniyati, sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning holati va ularning oqibatlari atroflicha muhokama qilindi. Har bir qoidabuzarlik misol tariqasida keltirilib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar belgilandi.
Yuqorida sanab oʻtilgan muammolarni bartaraf etish uchun takliflar bildirilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









