Toshkent davlat tibbiyot universiteti va IIV Akademiyasi hamkorligida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbiri oʻtkazildi
2025-11-24 19:05:00 / Yangiliklar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchilari hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida profilaktika tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari — podpolkovnik Qaxxorov Zafar Sunnatillayevich va podpolkovnik Matmusayev Muzaffar Anvarjonovich ishtirok etib, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va zararli illatlarning oldini olishga qaratilgan maʼrifiy maʼruzalar bilan chiqish qildi.
Uchrashuv davomida quyidagi mavzularda atroflicha tushunchalar berildi:
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yoʻnalishlari;
kiberjinoyatlar hamda ularning oldini olish usullari;
giyohvandlik vositalari isteʼmolining yoshlar salomatligi, psixologik holati va ijtimoiy muhitga salbiy taʼsiri;
sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish orqali yosh avlodni zararli illatlardan asrashning ahamiyati.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Hayot akademiyasi” qisqa metrajli filmi namoyish etildi.
Mazkur tadbir yoshlar oʻrtasida huquqiy tafakkurni kuchaytirish va salomatlikni asrash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.




