IIVda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi
2025-11-21 13:45:00 / Yangiliklar

“INFOLIB OʼZBEKISTON-2025” XIV-haftaligi doirasida va ichki ishlar organlarida “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi” ijrosini taʼminlash hamda xodimlar oʻrtasida kitobxonlar safini kengaytirish, maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasini oshirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Vazirlik markaziy apparati hududida joriy yilning 20-noyabr kuni “Kitob yarmarkasi” boʻlib oʻtdi.
Gʻofur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilgan kitob yarmarkasida badiiy, huquqiy va ommabop adabiyotlar ichki ishlar organlari xodimlarida qiziqish uygʻotdi. Yarmarkada xodimlar oʻzlariga kerakli adabiyotlarni xarid qilishdi va tashkilotchilarga oʻz minnatdorliklarini bildirishdi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda kitoblarni nashr etish va tarqatish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligi quvonarlidir. Tashkil etilgan kitob yarmarkasi matbaa sanoatini qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirishga hissa qoʻshish, adabiy merosni targʻib etishga qilishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli boʻldi, deb bemalol ayta olamiz.




