Yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlardan muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar
2025-11-20 14:00:00 / Yangiliklar

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi Vazirlik Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oʻquvchi yoshlariga ham yetkazildi.
Maktab-internatida tashkil etilgan fakultativ dars mashgʻuloti davomida mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining tarqatilishi, savdosi va isteʼmol qilinishining oldini olish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va jamoatchilik vakillari birdek masʼul ekanligi taʼkidlandi.
Ayniqsa yoshlar orasida narkotik moddalarni isteʼmol qilishning zarari va ayanchli oqibatlari haqida oʻquvchilarga taqdimotlar yordamida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq noqonuniy harakatlar uchun nazarda tutilgan javobgarlik, narkotik moddalarni isteʼmol qilishning zararlari toʻgʻrisida tushuntirilib, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.






