Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida kibersport boʻyicha Respublika turniri oʻtkazildi
2025-11-20 13:00:00 / Yangiliklar

19-noyabr kuni “Humo Arena” majmuasida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida yirik kibersport turniri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda talabalar EA SPORTS FC™ 26, Counter-Strike 2 va PUBG boʻyicha bellashib, oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, Oliy taʼlim , fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Oʻzbekiston Kibersport federatsiyasi rahbariyati ishtirok etishdi.
Turnir ochilishida masʼullar tomonidan yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardoshlikni oshirish va IT sohasiga qiziqishni kuchaytirish masalalari haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, kibermakonda yuz berayotgan tahdidlar, internetda xavfsiz foydalanish qoidalari va onlayn oʻyinlar orqali yoshlar orasida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirishning muhimligi alohida taʼkidlandi.
Bellashuvlar qizgʻin va yuqori kayfiyatda oʻtdi.
Universitet jamoalari oʻrtasidagi musobaqalar katta qiziqish uygʻotdi va gʻoliblar maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni sogʻlom raqobatga chorlash, ularning IT va kiberxavfsizlik sohalarga qiziqishini qoʻllab-quvvatlash hamda raqamli savodxonligini yuksaltirishdan iborat boʻldi.









