Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida yoshlarning dunyoqarashini boyitishga qaratilgan navbatdagi tadbir
2025-11-20 09:00:00 / Yangiliklar

Shu qatorda ularni mazmunli dam olishlari, dunyoqarashlari va maʼnaviy saviyalarini oshirish maqsadida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kuni kecha Markazda boʻlgan bolalarning Toshkent Hayvonot bogʻi hamda Toshkent Botanika bogʻiga ekskursiyasi uyushtirildi.
Undan koʻzlangan maqsad: bolalarni ona tabiat va hayvonot olami bilan yaqindan tanishtirish, murgʻak qalbida tabiatga, jonivorlarga mehr-shafqat tuygʻusini uygʻotish, ularning hayotimizga va tabiatga kerakligini tushuntirish.
Borliq haqidagi dunyoqarashlarini yanada boyitish, atrof-muhitni asrash, bioxilma-xilliklarning inson salomatligi hamda hayotida qanchalik muhim rol oʻynashini anglatish, atrof-muhitni asrash, muhofaza qilish hissini shakllantirishda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Sayr chogʻida bolalar nafaqat jonivorlar va turfa oʻsimliklar dunyosi bilan yaqindan tanishdilar, balki yurtimizda hukmronlik qilayotgan kuz fasli goʻzalligi, daraxtlarning rango-rangligi, gullarning chiroyi, xazonrezgining oʻzgacha tarovatini his qilib, goʻzalligidan bahramand boʻlishdi.
Hayvonot, mevali, manzarali oʻsimliklar dunyosi haqida qiziqarli maʼlumotlar olishgan bolalar katta taassurot hamda zavq-shavqqa toʻlib Markazga qaytishdi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati






