Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlari oʻrtasida viloyat miqyosida oʻtkazilayotgan «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi
2024-04-21 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son «Zakovat intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 4-aprel kunidagi tegishli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar oʻrtasida «Zakovat» intellektual oʻyini tashkil etildi.
Ushbu intellektual oʻyinda boshqarmaning sohaviy xizmat va barcha shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari hamda ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyidan tashkil topgan jami 18 ta jamoalar ishtirok etishdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda yakuniy natijalarga koʻra 3 oʻrinni Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi saf boʻlinmalari patrul-post xizmati batalyoni jamoasi, 2 oʻrinni Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyi jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, musobaqaning mutlaq gʻolibi boʻlgan holda 1 oʻrinni boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Sariosiyo tumani ichki ishlar boʻlimi jamoasi egallab, tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
Tanlov soʻngida gʻolib jamoalar boshqarma boshligʻining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Albatta bu kabi tanlovlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, notiqlik xususiyatlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati







