G‘ijduvonda “Siyosiy-ma’rifat soati” – milliy g‘urur va ma’naviyat uyg‘onishi ramzi sifatida o‘tkazildi.
2025-10-31 10:25:00 / Yangiliklar

Davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligini oshirish, dunyoqarashi va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida har juma kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazib kelinmoqda. Bu an’ana davlat xizmatchilarini yangicha tafakkur, vatanparvarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun G‘ijduvon tuman hokimligi apparatida ham navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xodimlar milliy liboslar va do‘ppilarda ishtirok etib, o‘z milliy o‘zligiga, qadriyatlariga hurmat va faxr tuyg‘usini namoyon etdilar.
“Siyosiy-ma’rifat soati” nafaqat siyosiy bilimlarni boyitdi, balki milliy g‘urur, ma’naviy uyg‘oqlik va qadriyatlarni asrab-avaylash tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Xodimlarning milliy libosdagi qiyofasi — xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari va Vatanga sadoqatining ifodasi bo‘ldi.
Zero, milliy qadriyatni ulug‘lash – ma’naviyatni yuksaltirish, ma’naviyatni yuksaltirish esa Yangi O‘zbekistonning poydevorini mustahkamlashdir!





