Korrupsiyaga qarshi kurash – barqaror taraqqiyot garovi.
2025-07-23 20:20:00 / Majlislar

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari J. Jumayev, tuman prokurori yordamchisi P. Yuldoshev hamda Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Haydarov ishtirok etishdi. Ular tomonidan yoshlarga amaldagi qonunchilik, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, inson hayotidagi oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbirda 200 nafarga yaqin yoshlar faol qatnashib, ularning savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Yoshlar o‘rtasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, adolatli jamiyat qurishda ularning o‘rni katta ekani alohida ta’kidlandi.
Targ‘ibot yakunida ishtirokchilar bunday uchrashuvlar ularning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashi, hayotiy pozitsiyalarini to‘g‘ri belgilashi va halollik tamoyillariga sodiq bo‘lib yashashlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.









