Milliy qadriyatlar — jamiyat tayanchi!
2025-06-19 10:30:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda G‘ijduvon tumanida “Milliy do‘ppi chellendji” o‘tkazildi. Tadbirda o‘zbek milliy bosh kiyimi — do‘ppining o‘ziga xosligi, tarixiy va estetik ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Chellendj davomida yoshu-qari ishtirokchilar milliy do‘ppi kiyib, ijtimoiy tarmoqlarda surat va videolar orqali qatnashdilar.
Ayni tadbir milliy merosimizni qadrlash, uni yangi avlodga yetkazish va turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu orqali nafaqat mahalliy aholining, balki tashrif buyurgan mehmonlarning ham milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibori va hurmati yanada ortmoqda.
“Milliy do‘ppi chellendji” — bu faqatgina aksiya emas, balki madaniy merosimizni asrashga qaratilgan yuksak ma’naviy tashabbusdir. G‘ijduvonda bunday ijtimoiy loyihalar davomli tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.





