Insonparvarlik muloqoti — ko‘ngillar ulashilgan uchrashuv!
2025-04-24 17:40:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimi Sh.R.Ashurov va O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining Buxoro viloyat bo‘limi rahbari J.X.Rahmatov tumandagi fuqarolar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazishdi.

Muloqot inson qadrini ulug‘lash va jamiyatda birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Fuqarolar infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar va boshqa hayotiy masalalar bo‘yicha taklif va muammolarini bildirishdi. Har bir fikr ortida hayotiy tajriba va umid mujassam edi. Murojaatlar diqqat bilan tinglanib, mas’ullar tomonidan yozib olindi. Muammolarni hal etish uchun aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuv “Jamiyatda hech kim yolg‘iz emas” degan g‘oyani yana bir bor tasdiqladi. Bunday insonparvarlik uchrashuvlari davom etishiga ishonamiz!
G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.







