G‘ijduvon tumani – ICLEI sammitida!
2025-04-20 10:30:00 / Yangiliklar

2025-yil 14–16-aprel kunlari Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasida ICLEI Xalqaro tashkiloti tashabbusi bilan “Mahalliy darajadagi global iqlim sammiti: Barcha uchun fanga asoslangan “yashil” o‘tish” mavzusida Xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi.
G‘ijduvon tumani ICLEI tashkilotining a’zosi sifatida ushbu anjumanda munosib ishtirok etdi.
Sammitda iqlim adolati, zaif guruhlar uchun ijtimoiy himoya tizimlari bo‘yicha O‘zbekistondagi amaliy tajriba taqdim etilib, xalqaro ishtirokchilar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, “Kyongido iqlim texnologiyalari ko‘rgazmasi”da Janubiy Koreyaning yetakchi texnologiyalari bilan yaqindan tanishildi.
Hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muzokaralar olib borildi va foydali ma’lumotlar almashildi.
Bunday xalqaro anjumanlar mahalliy barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.
G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.



