RASMIY MUNOSABAT
2026-03-10 21:40:00 / Rasmiy munosabat

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, G‘ijduvon tumani G‘ishti mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan mol bozori haftaning seshanba kuni soat 12:00 dan 16:00 ga qadar tashkil etiladi. Savdo jarayonlari avtomobil qatnov yo‘lida emas, balki asosiy yo‘ldan qariyb 200 metr ichkarida ajratilgan maxsus hududda o‘tkazilishi belgilangan.
Shu bilan birga, bozor kunlari hududga keluvchi transport vositalari ko‘pligi sabab ayrim paytlarda qisqa muddatli tirbandlik holatlari kuzatilishi mumkin. Mazkur vaqt oralig‘ida Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan yo‘l harakati tartibga solinib, fuqarolar va transport vositalarining xavfsizligi doimiy nazoratga olinadi.
Hozirgi vaqtda mazkur hududda tirbandliklarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida tashkiliy choralar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
