RASMIY MUNOSABAT
2026-03-03 13:30:00 / Rasmiy munosabat

Shuni alohida ta’kidlaymizki, murojaatda tilga olingan fuqarolar G‘ijduvon tumanida istiqomat qiladi. Biroq videoda bayon etilgan holat G‘ijduvon tumani hududida sodir bo‘lmagan, balki qo‘shni hudud — Navoiy viloyati Konimex tumani hududida yuzaga kelgan.
Mazkur masala yuzasidan murojaat Konimex tumani IIB tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, hozirgi kunda voqea bo‘yicha barcha surishtiruv va tekshiruv ishlari qonuniylik, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga nisbatan xolis va mas’uliyatli yondashish, faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan axborotlargagina tayanishingizni so‘raymiz.
Qonun ustuvorligi va adolat tamoyillari har bir murojaatning xolis va shaffof ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi.
Konimex tumani IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat beriladi.
