Tumanimizda qurilish va obodonlashtirish ishlari — qat’iy nazorat ostida.
2026-02-25 15:10:00 / Yangiliklar

Dastlabki manzil — G‘ajdumak mahallasida joylashgan 7-sonli, 640 o‘rinli umumta’lim maktabi.
Bugun bu yerda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha 540 o‘rinli yangi o‘quv binosi va zamonaviy oshxona barpo etilmoqda, maktab stadioni esa to‘liq yangilanmoqda.
Eng muhimi, mazkur loyiha xalqaro hamkorlik samarasi hisoblanadi. Qurilish ishlari hamda ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Keyingi manzil — Jovgari mahallasidagi 26-sonli umumta’lim maktabi.
Bu yerda 880 o‘rinli mavjud bino mukammal ta’mirlanmoqda, 750 o‘rinli yangi o‘quv binosi, 12x24 metrli sportzal va oshxona qurilmoqda.
14 milliard so‘mlik mazkur loyiha bolalarimiz uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratadi.
Navbatdagi manzil — Chag‘dari mahallasidagi 23-sonli umumta’lim maktabi.
420 o‘rinli o‘quv binosi to‘liq ta’mirlanmoqda, yangi sportzal barpo etilmoqda hamda maktab hududi obodonlashtirilmoqda.
4 milliard so‘mlik bu loyiha yosh avlodning jismoniy va ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.
Shuningdek, Oqgul MFY Oqgul qishlog‘ida joylashgan suv inshootini rekonstruksiya qilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.
Aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash — bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Tashrif davomida barcha mas’ullarga qurilish ishlarini davlat standartlari asosida, yuqori sifat va qat’iy nazorat ostida amalga oshirish, belgilangan muddatlarga so‘zsiz rioya qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Ta’limga e’tibor — bu kelajakka e’tibor. Maktab — taraqqiyot va ma’naviyat maskanidir.”
Shu bois, bugun barpo etilayotgan har bir zamonaviy ta’lim muassasasi — Yangi O‘zbekiston poydevorini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik ishlari — kelajakka qo‘yilayotgan mustahkam poydevordir. Zero, ta’limga kiritilgan sarmoya — millat kelajagiga kiritilgan sarmoyadir.









