G‘IJDUVONDA YASHILLIK VA OBODLIK ISHLARI — ANIQ NATIJALAR, KATTA MAQSADLAR.
2026-02-23 22:15:00 / Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston” massivida yashillik kengaymoqda
Ko‘p qavatli uylar orasidagi bo‘sh yer maydonlari bosqichma-bosqich obod va ko‘rkam maskanga aylantirilmoqda. Aholi yashaydigan hududlarda manzarali hamda mevali daraxtlar ekilib, hududning ekologik holatini yaxshilash maqsad qilingan.
Amalga oshirilgan ishlar:
1200 tup gujum rejalashtirilgan — 200 tasi ekilgan
300 tup shaftoli rejalashtirilgan — 150 tasi ekilgan
300 tup behi rejalashtirilgan — 100 tasi ekilgan
Qolgan ko‘chatlarni ekish ishlari davom etmoqda. Har bir daraxt kelgusida soya-salqinlik, toza havo va fayz bag‘ishlaydi.
“Saidkent” mahallasi — “Zarafshon” daryosi bo‘yida yangi qiyofa
Daryo sohilida zamonaviy va shinam dam olish maskani barpo etilmoqda. Bu yerda:
Manzarali daraxt va rang-barang gullar ekilmoqda
Sayr yo‘laklari tartibga keltirilmoqda
Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda
Yaqin kelajakda ushbu hudud oilaviy hordiq chiqarish, yoshlar sayri va ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun sevimli maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.
“Nurafshon” madaniyat va istirohat bog‘ida keng ko‘lamli ishlar
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Buxoro suv ta’minoti” AJ G‘ijduvon tuman filiali tomonidan katta hajmdagi ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ekilgan ko‘chatlar:
245 dona pavloniya
97 dona nok
75 dona behi
400 dona tut
Hozirda qo‘shimcha ravishda “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog‘ida ajratilgan yerlarga:
500 dona pavloniya
200 dona archa
300 tup atirgul
ekish ishlari davom etmoqda.
Bu ishlar hududning ko‘rkini ochish, havoni musaffo qilish va aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Tuman hokimi mas’ullarga:
🔹 Ishlarni sifatli tashkil etish
🔸 Har bir ekilgan ko‘chatni asrab-avaylash
🔹 O‘z vaqtida sug‘orish va parvarishlash
🔸 Kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va ishlarni belgilangan muddatda yakunlash
bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berdi.
🌿 Yashil hududlar ko‘payishi — bu sog‘lom avlod, toza havo va obod turmush demakdir. G‘ijduvonda amalga oshirilayotgan ishlar ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.









