Oziq-ovqat xavfsizligi yo‘lida muhim amaliy seminar.
2026-02-20 17:45:00 / Yangiliklar

Shu muhim vazifalar doirasida joriy yilning 20-fevral kuni G‘ijduvon tumani Zarafshon hududida joylashgan “Oqiljon Muqimjon zamini” fermer xo‘jaligi chorva kompleksida Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari uchun keng qamrovli amaliy seminar tashkil etiladi.
Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, soha mutaxassislari hamda ilg‘or fermer xo‘jaliklari ishtirok etadi.
Seminarda:
chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish;
ozuqa bazasini mustahkamlash;
yer maydonlaridan samarali foydalanish;
xo‘jaliklarda kamida 60 bosh yirik va 100 bosh mayda shoxli mol boqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq amaliy mexanizmlar muhokama qilinadi.
Mazkur seminar — nafaqat tajriba almashish maydoni, balki hududlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.
Mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish va oziq-ovqat barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bunday tashabbuslar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladi.









