Ishonch – yuksak mas’uliyat timsoli.
2026-02-19 11:30:00 / Yangiliklar

Sessiyada 7–Yangirabot saylov okrugidagi deputatlik saylovi yakunlari ko‘rib chiqildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, G‘ijduvon tumani hokimi F.B.Umarov mazkur okrugdan deputat etib saylandi.
Bu yuksak ishonch – avvalo, xalq ishonchi va ulkan mas’uliyatdir. Sessiya davomida tuman hokimi 2026-yilda tumanda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli rejalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
U barcha sohalarda jonbozlik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillari asosida ishlashini, xalq manfaatlari har doim ustuvor bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarini va barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, baraka va ezgu niyatlar ro‘yobini tiladi.








