RASMIY MUNOSABAT.
2026-02-15 12:10:00 / Rasmiy munosabat
Hozirgi kunda Mirakon mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligi yerlarida sho‘r yuvish ishlari amalga oshirilmoqda hamda so‘nggi paytlarda yomg‘irgarchilik ko‘p bo‘lishi sababli ayrim xonadonlar va ekin maydonlarida zax suvlari paydo bo‘lgan.

Tuman hokimligi ushbu holatni jiddiy qabul qilgan va aholining mulk va ahvolini himoya qilish maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Xususan:
Xonadon va ekin maydonlaridan zax suvlari texnika vositalar orqali olib chiqilmoqda;
Mutaxassislar tomonidan hududlarda zax suvlarini to‘liq yo‘q qilish uchun maxsus zaxkash qazish ishlari amalga oshirilish rejalashtirilgan;
Barcha ishlar rejali va tizimli ravishda olib borilmoqda.
Tuman hokimligi aholiga murojaat qiladi: zax suvlari paydo bo‘lgan xonadon va yer egalari tashvishga tushmasin, barcha chora-tadbirlar tez va samarali ravishda amalga oshirilmoqda.




