G‘ijduvonda profilaktika inspektorlari faoliyati tahlil qilindi: Xizmatga sadoqat va mas’uliyat — asosiy mezon.
2026-02-09 10:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda xodimlar o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash masalalari tanqidiy ruhda muhokama qilindi.
Muloqot davomida tumandagi kriminogen vaziyat atroflicha tahlil etilib, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan, mahalladagi vaziyatni to‘liq nazoratga olmagan bir qator xodimlar faoliyati keskin tanqid ostiga olindi. Yig‘ilishda 2026-yil yakuniga qadar tumandagi barcha “qizil” toifadagi mahallalarni “yashil” hududga o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, tadbirda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida yangi motivatsiya tizimi joriy etilishi e’lon qilindi. Mazkur tizimga ko‘ra, har chorak yakunida o‘z xizmat vazifasini namunali bajargan 15 nafar eng ilg‘or profilaktika inspektori tuman hokimligi tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Ish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 3 nafar xodimga nisbatan boshqarma boshlig‘i tomonidan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.









