G‘ijduvonda turizm rivojida yangi bosqich.
2026-01-15 09:50:00 / Yangiliklar

Mazkur zamonaviy majmua aholi va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda. Maskan hududida ot, tuya va velosipedda sayohat yo‘nalishlari, qum ustida sport o‘yinlari, milliy va zamonaviy restoranlar hamda mehmonxonalar, sun’iy cho‘milish havzalari va plyajlar kabi ko‘plab xizmatlar yo‘lga qo‘yildi.
Loyiha doirasida hududni obodonlashtirish va ekologik muhitni yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, piyodalar yo‘laklari barpo etildi, 20 ming tup daraxt ekildi, 20 gektar yashil hudud va zamonaviy sug‘orish tizimi tashkil etildi. Natijada “Oltinsoy” nafaqat dam olish, balki ekologik turizmning namunali maskaniga aylandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududning sayyohlik jozibadorligi sezilarli darajada oshdi. Bugungi kunda mazkur majmua yiliga 15 ming nafargacha sayyohni qabul qilish, shuningdek 50 ta doimiy va 150 ta mavsumiy ish o‘rni yaratish imkoniyatiga ega.
G‘ijduvon tumani hokimi F. Umarov rahbarligida mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda yaratilgan sharoitlar joyida ko‘zdan kechirildi hamda kelgusida hudud turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.









