Funksional vazifalar

Mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini va ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlashda davlat ekologik ekpertizasini o‘tkazish;
Amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat tomonidan atmosfera havosiga chiqariladigan tashlamalarining, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar oqovalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari hosil bo‘lishi hamda ularni joylashtirishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan ekologik normativ loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish;
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish masalalari bo‘yicha tajriba almashishda boshqa mamlakatlarning soha yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
Strategik ekologik baholash sohasida davlat siyosati, strategiyalar, konsepsiyalar, rejalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi va aholi salomatligi bilan bog‘liq ekologik omillarni kompleks baholash bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan materiallar va loyihalar sifatini baholash hamda ishlab chiquvchi tashkilotlarning reytingini shakllantirish;
Eng yaxshi maqbul texnologiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, tarmoqlar kesimida eng yaxshi maqbul texnologiyalar ma’lumotnomalarini ishlab chiqish va yangilashda ishtirok etish, texnologik jarayonlarning ekologik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, resurs va energiya samaradorligi hamda ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini kamaytirish imkoniyatlarini baholash, xalqaro tajriba va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish hamda milliy amaliyotga joriy etish;
Yashil taksonomiya sohasida iqtisodiy faoliyat turlarini ekologik va iqlimiy mezonlar asosida tasniflash, ularning atrof-muhitga ta’sirini baholash, resurs
va energiya samaradorligi hamda ifloslanishni kamaytirish ko‘rsatkichlarini belgilash.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishni tashkil etish;
Buyurtmachilar tomonidan davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun taqdim qilingan materiallarning atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
Rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligini tahlil qilish;
Rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirishda biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof-muhitga ta’siri asosli baholanganligini tekshirish;
Rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavflilik darajasi to‘g‘ri baholanganligini tekshirish;
Ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning yetarliligi va asoslanganligini aniqlash;
Sun’iy intellekt texnologiyalarini atrof-muhitni muhofaza qilish va davlat ekologik ekspertizasi sohasida joriy etish, ekologik ma’lumotlarni tahlil qilish, ekologik xavflarni baholash va ekspertiza jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Buyurtmachilarga berilgan davlat ekologik ekspertizasi xulosalari monitoringini yuritish, zarur hollarda buyurtmachilarga davlat ekologik ekspertizasi xulosalari muddati o‘tganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuborish.
