Uslubiy-ko‘maklashuv bo‘limi vazifalari

Uslubiy-ko‘maklashuv bo‘limi davlat ekologik ekspertizasi tizimining metodik markazi sifatida faoliyat yuritadi. Bo‘limning asosiy maqsadi — ekologik ekspertiza jarayonlarini milliy qonunchilik hamda xalqaro standartlar talablariga muvofiq tashkil etish, shuningdek, uslubiy hujjatlarning yagona va sifatli qo‘llanilishini ta’minlashdan iborat:
- Davlat ekologik ekspertizasini metodik qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi;
- sohaga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- Respublika va xalqaro standartlar hamda uslubiy qo‘llanmalarni o‘rganadi, zarurlarini milliy amaliyotga joriy etish choralarini ko‘radi;
- atrof-muhitga taʼsirni baholash va davlat ekologik ekspertizasiga oid idoralararo qo‘llanma hujjatlari, uslubiy tavsiyalar va uslubiy materiallar loyihalarini ishlab chiqadi;
- sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi va tatbiq etadi;
- markaz va hududiy filiallar ekspertlari foydalanayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bazasi, standartlar, rahbariy hujjatlar, texnik reglamentlar va uslubiy qo‘llanmalar qo‘llanilishini monitoring qiladi;
- xo‘jalik faoliyatining atrof-tabiiy muhitga ta‘sirini baholash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va tiklashga qaratilgan normativlar hamda standartlarni xatlovdan o‘tkazadi;
- ekologik ekspertiza sohasida texnik jihatdan tartibga solinmagan yo‘nalishlarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni markazning veb-saytida joylashtirishni taʼminlaydi, loyihalash tashkilotlari mutaxassislariga ulardan foydalanish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- Davlat ekologik ekspertizasi masalalari boʼyicha tadbirlar va ommaviy muhokamalarda ishtirok etadi;
- ekologik ekspertiza masalalari yuzasidan tarkibiy bo‘linmalar va hududiy filiallarga zarur uslubiy yordam ko‘rsatadi.
