Markaz kasaba uyushmasi

Markaz kasaba uyushmasi – xodimlar huquqlari va manfaatlarini ta‘minlash kafolati
Yangi O‘zbekistonning izchil taraqqiy etishi, mehnatsevar xalqimiz turmush farovonligining oshib borishida kasaba uyushmalari tizimining o‘ziga xos o‘rni bor. So‘nggi yillarda ushbu nodavlat, notijorat tashkiloti faoliyat yuritmayotgan soha deyarli qolmadi. Bu esa uning nufuzi va a‘zolari sonining ortib borayotganidan dalolat beradi.
2020-yil 23-noyabrda qabul qilingan qonunga muvofiq, 2021-yil boshlab yurtimizda ilk bor 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari xodimlariga tabrik yo‘llab, ularning faoliyatini yuksak baholadi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Davlat ekologik ekspertizasi markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi ham o‘z faoliyatini aynan ushbu yo‘nalishlarda olib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qurultoyi qarorlari va 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Strategik yo‘nalishlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Xodimlarning fuqaro sifatidagi huquq va erkinliklari, mehnatga oid huquqlarining ta‘minlanishi, kasaba uyushmalari faoliyatining huquqiy kafolatlari asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Davlat ekologik ekspertizasi markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan muassasada ishlovchi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, to‘liq bandligi ta’minlanishiga hamda ular uchun sog‘lom va bexatar mehnat sharoitlari yaratib berilishiga erishilmoqda. Shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, xodimlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish sohasida muayyan ishlar qilinmoqda.
Bugungi kunga kelib, markazda ish beruvchi va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida xodimlar manfaatlarini himoya qilishda ijobiy natijalar bermoqda.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan muassasada ishlovchi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, sog‘lom hamda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, mehnat qonunchiligi ijrosini jamoatchilik nazorati asosida kuzatib borish kabi masalalarga alоhida e‘tibor qaratilmoqda. Shuningdek, xodimlar va ularning oila a’zolari uchun sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini tashkil etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi doirasida uzluksiz mehnat stajiga qarab qo‘shimcha ta’til kunlari, ovqatlanish va yo‘l xarajatlarini qisman qoplash, qo‘shimcha ustamalar, mukofot puli kabi imtiyozlar joriy qilingan.
Markaz kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan sohada samarali mehnat qilayotgan xodimlar uchun joriy yilning 9-10-may kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. “Osmon ostidagi muzey” deya ta’rif beriladigan bu shaharga tashrif davomida ishtirokchilar betakror tarixiy obidalar — Shohi Zinda majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Xo‘ja Ahror Valiy majmuasi hamda boshqa me’moriy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Joriy yilning 9–10-may kunlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan sohada samarali mehnat qilayotgan xodimlar uchun qadimiy Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. “Osmon ostidagi muzey” nomi bilan mashhur bu shaharda ishtirokchilar Shohi Zinda majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Xo‘ja Ahror Valiy majmuasi va boshqa tarixiy obidalarni tomosha qilishdi.
Xodimlar va ularning farzandlari uchun kinoteatr, konsert, muzey va boshqa madaniy maskanlarga tashriflar uyushtirilib, ular uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga – “Semurg‘”, “Chotqol”, “Ugam”, “Vodiy gavhari” kabi dam olish maskanlariga yo‘llanmalar ajratildi. Bu esa bolajonlarimiz ta’tillarining mazmunli va maroqli o‘tishiga xizmat qilmoqda.
Markazda xodimlar uchun kutubxona faoliyati tashkil etilib, ularning siyosiy-ma’naviy bilimlarini oshirish maqsadida “Ma’naviyat soati” doirasida ma’ruzalar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, markaz kasaba uyushmasi xodimlarning munosib mehnat sharoitlarida faoliyat yuritishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, oila a‘zolari bilan birga hordiq chiqarishlari, ma‘naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishlari yo‘lida muntazam faoliyat olib bormoqda.
