Rasmiy munosabat!
2026-11-23 12:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxona xöjaliklari uçun davlat ekologik ekspertizasi tölovi "9 mln sömdan 38 mln sömgaça oşirilganligi" haqida video tarqaldi.
Ta’kidlaş joizki, video tadbirkorlar bilan oçiq muloqotdan kesib olingan bölib, unda Davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassisi Ahror Yöldoşev tomonidan ekologik ekspertiza tölovi borasidagi savolga aniq javob berilgan.
Ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga köra, atrof-muhitga ta’sir körsatişning III toifasiga kiruvçi tabiiy gaz, kömir va boşqa turdagi yoqilğida işlaydigan isitiş tizimlariga ega issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkazganlik uçun BHMning 6,5 baravari, ya’ni bugungi kunda 2 mln 860 ming söm miqdorida tölov amalga oşiriladi.
Videoda issiqxonadagi qozonlarga sertifikat beriş va buning uçun tölanadigan tölovlar ham ekologik ekspertizaga kiritiladi, deya yangliş fikr bildirilgan.
Vaholanki, issiqxona qozonlariga sertifikat beriş, şuningdek, laboratoriya tadqiqotlari, instrumental ölçovlar, atrof-muhitga ta’sirni baholaş böyiça loyihalarni işlab çiqiş xizmatlari davlat ekologik ekspertizasi vakolatiga kirmaydi.
Xulosa qilib aytganda, issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkazganlik uçun 38 mln söm emas, 2 mln 860 ming söm miqdorida tölov amalga oşiriladi.
