Toşkentda fleksografiya usulida bosma böyoqlar işlab çiqariş loyihasining ekologik jihatlari muhokama qilindi
2026-11-19 12:40:00 / Jamoatchilik eshituvlari

Loyihaga köra, işlab çiqariş Toşkent şahri, Çirçiq böyi köçasi, 20-uy manzilida joylaşgan mavjud işlab çiqariş binolarida taşkil etiladi. Bunda yangi obyektlar qurilişi rejalaştirilmagan. Yillik işlab çiqariş quvvati 720–800 tonna tayyor mahsulotni taşkil etadi hamda 6 ta yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.
Jamoatçilik muhokamasi davomida asosiy texnologik yeçimlar, işlab çiqariş jarayonlarining xususiyatlari, atrof-muhitga ifloslantiruvçi moddalar çiqarişi mumkin bölgan manbalar hamda loyihada nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qiliş çora-tadbirlari haqida maʼlumot berildi.
Xususan, atmosferaga çiqariladigan ifloslantiruvçi moddalar miqdorini baholaş, kimyoviy xomaşyoni saqlaş va undan foydalaniş şartlari, işlab çiqariş çiqindilarining hosil bölişi va ularni belgilangan tartibda boşqariş, şuningdek, şovqinning atrof-muhitga ehtimoliy taʼsiri masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ekologik xavflarni kamaytiriş maqsadida loyihada germetik texnologik uskunalardan foydalaniş, mahalliy söruvçi şamollatiş tizimini taşkil etiş, kimyoviy moddalarni belgilangan talablar asosida saqlaş, şuningdek, işlab çiqariş çiqindilarini yiğiş, vaqtinça saqlaş va belgilangan tartibda ixtisoslaştirilgan taşkilotlarga topşiriş çoralari nazarda tutilgan.
Taqdim etilgan materiallarga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi «Atrof-muhitga taʼsirni baholaşning yangi mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 234-son qaroriga muvofiq, rejalaştirilayotgan faoliyat atrof-muhitga taʼsiriga köra II toifaga (örtaça ekologik xavf darajasi) mansub bölib, davlat ekologik ekspertizasidan ötkazilişi lozim.
Muhokama davomida iştirokçilarga loyihani amalga oşirişning ehtimoliy ekologik oqibatlari, atrof-muhit ifloslanişining oldini olişga qaratilgan texnik yeçimlar hamda belgilangan ekologik talablarga rioya etiş masalalari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.
Jamoatçilik muhokamasi yakunida loyiha mahalliy aholi tomonidan qöllab-quvvatlandi. Şu bilan birga, rejalaştirilayotgan faoliyatning ekologik jihatdan maqbulligi va nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qiliş çora-tadbirlarining yetarliligiga yakuniy baho davlat ekologik ekspertizasi doirasida beriladi.
Loyihani amalga oşirişda ekologik qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etilişi, atrof-muhitga salbiy taʼsirni minimallaştiriş hamda davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasida belgilangan şartlarning bajarilişi taʼminlanişi lozim.






