Ekologik siyosatning muhim mexanizmi — davlat ekologik ekspertizasi
2026-11-17 15:55:00 / Brifing

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: «Ekologik siyosatning majburiy mexanizmini — ekologik ekspertiza xulosalari amalga oşiradi».
Xöş, ekologik ekspertiza özi nima? U qanday obyektlarda va qanday maqsadlarda ötkaziladi? Obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan ötkazmasdan faoliyat yuritiş qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?
Bugun uşbu savollarga batafsil töxtalamiz.
Avvalo, ekologik ekspertiza tuşunçasiga oydinlik kiritsak.
Ekologik ekspertiza — möljallanayotgan, rejalaştirilayotgan yoki amalga oşirilayotgan xöjalik va boşqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlaş, şuningdek, ekspertiza obyektini amalga oşiriş mumkin yoki mumkin emasligi töğrisida xulosa berişga qaratilgan tartib-taomildir.
Davlat ekologik ekspertizasi atrof-muhitga ta’sir körsatiş xavfi darajasiga köra belgilangan toifalarga mansub obyektlarda ötkaziladi.
Ekologik ekspertizaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
• faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlaş;
• ekologik xavflilik darajasini baholaş;
• atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sirning oldini oliş;
• tabiatni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş böyiça belgilangan çora-tadbirlarning yetarliligi hamda asoslanganligini baholaş.
Ekologik ekspertiza davlat va jamoatçilik asosida ötkaziladi. Davlat ekologik ekspertizasini ötkaziş qonunçilikda belgilangan obyektlar uçun majburiy hisoblanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi esa jamoatçilik taşabbusi asosida amalga oşiriladi va tavsiyaviy xususiyatga ega.
Özbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza sohasidagi qonunçiligiga muvofiq, davlat ekologik ekspertizasidan ötkazilişi şart bölgan obyektlarni tegişli xulosasiz amalga oşirişga yöl qöyilmaydi.
Endi sohaga oid qonunçilikdagi muhim özgarişlarga töxtalsak.
Avval obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş 2000-yil 25-mayda qabul qilingan «Ekologik ekspertiza töğrisida»gi 73-II-son Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son, 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son va 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarorlari asosida tartibga solib kelingan.
Biroq mamlakatimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanişi, sanoat va işlab çiqariş quvvatlarining kengayişi, modernizatsiya jarayonlari hamda xalqaro ekologik talablarning kuçayişi amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş zaruratini yuzaga keltirdi.
Jumladan, avvalgi qonunçilikda ekologik ekspertiza jarayoni iştirokçilarining huquq va majburiyatlari yetarliça qamrab olinmagan, davlat dasturlari, konsepsiyalar va şaharsozlik hujjatlarini ekologik baholaş mexanizmlari töliq belgilanmagan edi.
Şuningdek, qonunosti hujjatlarining tarqoqligi, loyiha işlab çiquvchi taşkilotlar faoliyatini tartibga soliş mexanizmlarining yetarli emasligi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ekologik xavf darajasini belgilaş mezonlaridagi muammolar ham sohada qator qiyinçiliklarni keltirib çiqarayotgan edi.
Ekologik ekspertiza jarayonlarini raqamlaştiriş, oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, jamoatçilik iştirokini kengaytiriş böyiça ham yangi huquqiy mexanizmlarga ehtiyoj mavjud edi.
Aynan şu omillar sohada yangi huquqiy islohotlarni amalga oşirişni taqozo etdi.
Şu maqsadda 2025-yil 24-fevralda «Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholaş va strategik ekologik baholaş töğrisida»gi ÖRQ-1036-son Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 2025-yil 25-avgustdan kuçga kirdi.
Yangi qonun normalarini amaliyotga joriy etiş maqsadida esa 2026-yil 11-mayda Vazirlar Mahkamasining «Atrof-muhitga ta’sirni baholaşning yangi mexanizmlarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi 234-son qarori qabul qilindi.
Uşbu qaror 2026-yil 14-avgustdan kuçga kirdi.
Mazkur hujjatlar ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta’sirni baholaş sohasida yangi bosqiçni boşlab berdi.
Xöş, yangi qonun va qarorlar amaliyotga qanday özgarişlarni olib kirdi?
Birinçidan, ekologik ekspertiza jarayonlarini raqamlaştirişning huquqiy asoslari yaratildi.
"Elektron hukumat" tamoyillari asosida atrof-muhitga ta’sirni baholaş böyiça yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimini joriy etiş belgilandi. Bu orqali tadbirkorlik subyektlariga ekologik ekspertizaga oid hujjatlarni elektron şaklda taqdim etiş va ekspertiza xulosalarini onlayn oliş imkoniyati yaratildi.
Ikkinçidan, davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining xolisligi va asoslanganligini ta’minlaş maqsadida doimiy faoliyat yurituvçi Ekspertlar kengaşi taşkil etildi. Uşbu kengaş ekspertiza jarayonida yuzaga keladigan murakkab va bahsli masalalarni körib çiqişga xizmat qiladi.
Uçinçidan, ekologik ekspertiza jarayoniga xalqaro amaliyotda qöllaniladigan skrining va skoping mexanizmlari joriy etildi.
Natijada atrof-muhitga ta’sir körsatiş xavfi böyiça obyektlarni tasniflaş tizimi takomillaştirildi: avvalgi tört toifa örniga uç toifa belgilandi.
Şuningdek, faoliyat turlari qayta körib çiqilib, ularning soni 143 tadan 221 taga yetkazildi. Bu özgarişlar ekologik ta’siri past bölgan faoliyat turlarini aniq belgilaş, kichik tadbirkorlik subyektlari uçun ortiqça byurokratik tösiqlarni kamaytiriş, vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirişga xizmat qiladi.
Törtinçidan, atrof-muhitga ta’sirni baholaş materiallari va ekologik normativlar loyihalarini işlab çiquvçi taşkilotlar faoliyatini tartibga solişning yangi mexanizmlari belgilandi.
Jumladan, ularga nisbatan malaka sertifikatini joriy etiş va faoliyati reytingini şakllantirişning huquqiy asoslari yaratildi. Bu loyiha hujjatlari sifatini oşiriş, ekologik talablarga zid va asoslanmagan materiallar tayyorlanişining oldini oliş, şuningdek, işlab çiquvçi taşkilotlarning mas’uliyatini kuçaytirişga xizmat qiladi.
Beşinçidan, atrof-muhitga ta’sirni baholaş jarayonlarida jamoatçilik iştirokini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi qonun bilan jamoatçilik eşituvlari va jamoat ekologik ekspertizasini ötkaziş tartiblari belgilab berildi. Bu ekologik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilişda aholi fikri va manfaatlarini inobatga oliş imkonini kengaytiradi.
Oltinçidan, strategik ekologik baholaş instituti joriy etildi.
Endi davlat dasturlari, konsepsiyalar, hududlarni rivojlantiriş rejalari va şaharsozlik hujjatlarining atrof-muhitga ehtimoliy ta’sirini oldindan baholaş uçun huquqiy mexanizmlar mavjud.
Şuningdek, yangi qonunçilikda transçegaraviy ekologik baholaşning huquqiy asoslari ham nazarda tutilgan. Bu kelgusida bir davlat hududida rejalaştirilayotgan faoliyatning boşqa davlat atrof-muhitiga ehtimoliy ta’sirini baholaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
E’tiborli jihati, yangi qonun xalqaro ekspertlar, jumladan, BMT, Jahon banki va Yevropa iqtisodiy komissiyasi mutaxassislari iştirokida işlab çiqilgan.
Endi 234-son qaror bilan tasdiqlangan yangi tartiblarga töxtalamiz.
Mazkur qaror bilan sohadagi jarayonlarni tartibga soluvchi 8 ta Nizom tasdiqlandi. Jumladan:
1. Davlat ekologik ekspertizasidan ötkazilişi majburiy bölgan atrof-muhitga ta’sir körsatadigan faoliyat turlari va obyektlari röyxati.
2. Davlat ekologik ekspertizasini ötkaziş tartibi töğrisidagi Nizom.
3. Atrof-muhitga ta’sirni baholaş tartibi töğrisidagi Nizom.
4. Jamoatçilik eşituvlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi Nizom.
5. Jamoat ekologik ekspertizasini ötkaziş tartibi töğrisidagi Nizom.
6. Atrof-muhitga ta’sirni baholaş materiallari va ekologik normativlar loyihalarini işlab çiquvçilar faoliyatini taşkil etiş hamda reytingini yuritiş tartibi töğrisidagi Nizom.
7. Ekologik ekspertiza obyektlari uçun loyiha hujjatlarini işlab çiqişga doir malaka sertifikatini beriş tartibi töğrisidagi Nizom.
8. Strategik ekologik baholaş böyiça ekologik ma’ruzani tayyorlaş va uning sifatini baholaş tartibi töğrisidagi Nizom.
Yangi tartiblarga muvofiq, davlat ekologik ekspertizasi jarayoni iştirokçilari — buyurtmaçilar, loyiha işlab çiquvçilar va ekspertlar oldiga ham qator talablar qöyildi.
Masalan, ekolog-ekspert oliy ma’lumotga, ekologiya yoki turdoş sohada kamida uç yillik iş stajiga ega bölişi, şuningdek, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyadan ötgan bölişi lozim.
Ekspertlarning mustaqilligi taʼminlanib, ularning xulosalarni qonunçilik talablari asosida beriş majburiyati belgilandi. Şu bilan birga, öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik va qonunçilikni buziş holatlari uçun javobgarlik ham nazarda tutildi.
Xulosa qilib aytganda, yangi qonun va qarorlar ekologik ekspertiza tizimini takomillaştiriş, sohada oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, tadbirkorlik subyektlari uçun qulay mexanizmlarni yaratiş hamda atrof-muhitga salbiy taʼsirning oldini olişda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda davlat dasturlarida «yaşil» texnologiyalarni joriy etiş, suv resurslarini tejaş, kökalamzor hududlarni kengaytiriş va çiqindilar muammosini hal qiliş ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Uşbu yönalişlarning samarali amalga oşirilişida davlat ekologik ekspertizasi muhim örin tutadi.
Markazimiz zimmasiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat va işlab çiqariş korxonalarini davlat ekologik ekspertizasi bilan qamrab oliş, şuningdek, berilgan xulosalarda belgilangan talablar bajarilişini monitoring qiliş vazifalari yuklangan.
Şu bois har bir korxona va taşkilot rahbari, har bir tadbirkor ekologik talablarga masʼuliyat bilan yondaşişi, öz faoliyatida tabiatni muhofaza qiliş tamoyillariga amal qilişi lozim.
Zero, ekologik ekspertiza — bu şunçaki majburiy tartib-taomil emas, balki ekologik xavfsizlikni taʼminlaş, tabiiy resurslarni asraş va kelajak avlodlar uçun soğlom muhit yaratişning muhim kafolatidir.
Atrof-muhitni asraş — har birimizning burçimiz va masʼuliyatimizdir!
