Özbekiston COP31 doirasida eng yaxşi mavjud texnikalarni joriy etiş va mintaqaviy ekologik hamkorlikni rivojlantiriş yondaşuvlarini taqdim etdi
2026-11-15 00:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda Davlat ekologik ekspertizasi markazi boş direktorining örinbosari Vyaçeslav Şi-syan «Özbekistonda eng yaxşi mavjud texnikalarga ötiş: toza havo va kamroq taşlamalar» mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada EMTni joriy etiş Özbekistonda ekologik tartibga soliş tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlaridan biri ekani ta’kidlandi. Xususan, atrof-muhitning alohida tarkibiy qismlariga ta’sirni me’yorlaştirişdan foydalanilayotgan texnologiyalar, atmosferaga çiqariladigan taşlamalar va suv obyektlariga oqiziladigan oqova suvlar hajmi, çiqindilar hosil bo‘lişi, şuningdek, suv, energiya va xomaşyo sarfini kompleks hisobga oladigan yondaşuvga ötiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uşbu yönalishdagi muhim vazifalardan biri xalqaro tajribaga asoslangan hamda Özbekistonning iqlimiy, texnologik va iqtisodiy şaroitlariga moslaştirilgan EMT böyiça milliy ma’lumotnomalarni işlab çiqişdan iborat.
Ayni paytda xalqaro maslahatçi iştirokida va Jahon banki bilan hamkorlikda EMTga ötiş böyiça Yöl xaritasi işlab çiqilmoqda. Davlat ekologik ekspertizasi markazi uşbu jarayonda asosiy milliy iştirokçilardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Dastlabki bosqiçda yirik sanoat va energetika obyektlari jamlangan Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ustuvor yönalişlar sifatida sement sanoati, mineral öğitlar işlab çiqariş, issiqlik energetikasi va yirik qozonxonalar belgilangan.
Şuningdek, korxonalarda kompleks texnologik auditlar ötkaziş, ularning ekologik va resurslardan foydalaniş samaradorligini baholaş, tarmoq ma’lumotnomalarini işlab çiqiş, milliy mutaxassislarni tayyorlaş hamda texnologik modernizatsiyani rağbatlantirişning iqtisodiy mexanizmlarini şakllantiriş nazarda tutilgan.
Tadbirda ekologik axborotlarning işonçliligini oşiriş, jumladan, atmosferaga taşlamalar, oqova suvlarni oqiziş va resurslardan foydalaniş böyiça ma’lumotlarning aniqligini ta’minlaş zarurligi ham alohida ta’kidlandi. Bunday ma’lumotlar korxonalarning atrof-muhitga ta’sirini xolis baholaş, ustuvor tabiatni muhofaza qiliş tadbirlarini belgilaş va investitsiyalarni rejalaştiriş uçun muhim ahamiyatga ega.
Tadbirning muhim mavzularidan yana biri Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş böldi.
Muhokama doirasida Qozoğistonning EMTni joriy etiş borasidagi tajribasi, jumladan, kompleks texnologik auditlarni ötkaziş, tarmoq ma’lumotnomalarini işlab çiqiş hamda korxonalarning zamonaviy ekologik talablarga ötiş amaliyoti taqdim etildi.
Şuningdek, EMT böyiça Markaziy Osiyo byurosini taşkil etiş va texnologik axborotlar, uslubiy materiallar hamda amaliy tajriba almaşiş uçun mintaqaviy raqamli platformani yaratiş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur taşabbuslarning amalga oşirilişi mintaqa mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, ekologik tartibga soliş böyiça yondaşuvlarni uyğunlaştiriş, uslubiy bazani işlab çiqiş xarajatlarini kamaytiriş hamda sanoatni ekologik modernizatsiya qilişga investitsiyalar jalb etiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Muhokama yakunida EMTni amaliyotga joriy etiş maqsadida davlat organlari, ekspert taşkilotlari, sanoat korxonalari va xalqaro moliya institutlari örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.
Özbekiston EMTga ötişni nafaqat sanoat ifloslanişini kamaytiriş vositasi, balki mamlakatning iqlim siyosati, barqaror iqtisodiy rivojlanişi va aholi hayot sifatini oşirişning muhim tarkibiy qismi sifatida baholaydi.
Milliy EMT tizimini rivojlantiriş va mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş Markaziy Osiyoda zamonaviy, ekologik mas’uliyatli va resurslarni tejaydigan sanoatni şakllantirişga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlikning muhim amaliy natijalaridan biri sifatida COP31 doirasida Turkiyaning Antaliya şahrida Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» davlat muassasasi hamda Qozoğiston Respublikasining «Yaşil texnologiyalar va investitsiya loyihalari xalqaro markazi» notijorat aksiyadorlik jamiyati örtasida hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolandi.
Hujjat Davlat ekologik ekspertizasi markazi boş direktorining örinbosari Vyaçeslav Şi-syan va Yaşil texnologiyalar va investitsiya loyihalari xalqaro markazi boşqaruvi raisi Saken Kalkamanov tomonidan imzolandi.
Kelişuv Özbekistonning kimyo, energetika va sement sanoati tarmoqlari uçun eng yaxşi mavjud texnologiyalar (EMT) böyiça tarmoq ma’lumotnomalarini hamkorlikda işlab çiqiş sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan.
Erişilgan kelişuvlarga muvofiq, sanoat korxonalarida kompleks texnologik auditlarni ötkaziş böyiça tajriba almaşiş, EMTning metodologik yondaşuvlari va texnologik körsatkiçlarini işlab çiqiş, tarmoq ma’lumotnomalarini tayyorlaş, şuningdek, EMT raqamli platformasini rivojlantiriş közda tutilgan.
Bunda sanoat işlab çiqarişining ekologik va resurs samaradorligini oşiriş, ifloslantiruvçi moddalar hamda issiqxona gazlari taşlamalarini qisqartiriş, energetika va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, şuningdek, ekologik tartibga solişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etişga alohida e’tibor qaratiladi.
Mazkur kelişuvning imzolanişi Özbekiston sanoatini EMT tamoyillari asosida rivojlantiriş, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, korxonalarni ekologik modernizatsiya qiliş hamda milliy iqlim maqsadlariga erişiş uçun zarur texnologik asosni şakllantiriş yölidagi muhim amaliy qadam böladi.











