Ekologik baholaşda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar: Italiya tajribasi va nazariy-amaliy yondaşuvlar
2026-11-11 18:55:00 / Yangiliklar

Mazkur öquv-treninglarda “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi Boş direktori hamda sohaga sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalarini joriy etişga masʼul mutaxassislar qatnaşmoqda.
Uç kunlik öquv dasturi Italiya Atrof-muhit va energetika xavfsizligi vazirligi (MASE) hamda Atrof-muhitga taʼsirni baholaş xalqaro assotsiatsiyasi (IAIA) hamkorligida taşkil etilgan.
Tadbirning asosiy maqsadi – ekologik boşqaruv jarayonlariga ilğor raqamli yeçimlarni tatbiq etiş, bu borada xalqaro institutsional aloqalarni yanada mustahkamlaş va Yevropaning bu boradagi tajribasini çuqur özlaştirişdan iborat.
Bugungi globallaşuv va texnologik taraqqiyot davrida sunʼiy intellekt katta hajmdagi maʼlumotlarni qisqa fursatda tahlil qiliş, ehtimoliy ekologik xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş, yirik loyihalarning atrof-muhitga taʼsirini kompleks baholaş hamda qarorlar qabul qilişda oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaşning eng muhim vositasiga aylanmoqda.
Şu bois, mazkur taşrif sunʼiy intellekt imkoniyatlarini milliy ekologik ekspertiza tizimiga xavfsiz va samarali integratsiya qiliş mexanizmlarini işlab çiqişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dastur doirasida Özbekiston vakillari Italiyaning ekologik boşqaruv sohasidagi institutsional tuzilmasi, atrof-muhitga taʼsirni baholaşning zamonaviy metodologik asoslari, hududiy ekologik monitoring tizimlari va raqamli infratuzilmasi bilan yaqindan tanişmoqda.
Xususan, MASE va IAIA hamkorligidagi istiqbolli taşabbuslar, ekologik boşqaruv platformasini işlab çiqiş, mintaqalar uçun yagona bilimlar bazasini şakllantiriş va ekologik maʼlumotlarni tizimlaştiriş masalalari atrofliça muhokama qilinmoqda.
Bundan taşqari, delegatsiya aʼzolari Italiyaning Toskana, Marke, Lombardiya va Emiliya-Romanya kabi rivojlangan mintaqalarining bu boradagi amaliy tajribasini ham örganmoqda.
Texnik sessiyalar va yetakçi xalqaro ekspertlar bilan bo‘lib ötayotgan muloqotlarda mutaxassislarimiz ekologik skrining va skouping, strategik ekologik baholaş hamda ekologik maʼlumotlarni qayta işlaşning eng sönggi usullari böyiça öz bilim va könikmalarini oşirişmoqda.
Ayniqsa, çiqindilarni qayta işlaş obyektlarining atrof-muhitga taʼsirini modellaştiriş va baholaşda sunʼiy intellekt algoritmlarini qöllaş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Taşrifdan közlangan pirovard maqsad nafaqat Italiya tajribasini örganiş, balki uni Özbekistonning milliy ekologik boşqaruv tizimi xususiyatlari va ehtiyojlariga moslaştirgan holda amaliyotga joriy etiş yöllarini aniqlaşdir.
Bunda sunʼiy intellekt inson omili yoki mutaxassisning örnini bosuvçi vosita sifatida emas, balki ekspertning tahliliy salohiyatini oşiruvçi, xatoliklar ehtimolini kamaytiruvçi va ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilişga kömaklaşuvçi işonçli yordamçi sifatida qaralmoqda.
Tadbirning yakuniy kunida MASE va IAIA örtasidagi özaro anglaşuv memorandumi, Markaziy Osiyo davlatlari uçun taklif etilayotgan mintaqaviy hamkorlik memorandumi hamda kelgusidagi qöşma loyihalar yönalişlari muhokama qilinişi rejalaştirilgan.








